O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

2017-09-01 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Turkiya xalqi va o‘z nomidan davlatimiz rahbarini va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi va muborak Qurbon hayiti bilan chin dildan tabrikladi. 

O‘zbekiston Prezidenti samimiy tabrik uchun chuqur minnatdorlik bildirib, barcha musulmonlarning muborak bayrami munosabati bilan Turkiya rahbari va qardosh turk xalqiga tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tiladi. 

Ikki davlat rahbarlarining 2016-yil noyabr oyida Samarqand shahrida va joriy yil may oyida Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan samarali uchrashuvlari barcha sohalarda o‘zaro munosabatlarning yanada faollashuvida muhim ahamiyat kasb etayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. 

Turli darajadagi aloqalar jadallashgani, o‘zaro ishonchga asoslangan amaliy ruhdagi siyosiy muloqot rivojlanib borayotgani qayd etildi. 

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichda rivojlanmoqda. 

Bugungi kunda o‘zaro savdo-sotiq hajmi barqaror oshib borayotgani kuzatilmoqda. O‘zbekiston va Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida zamonaviy yuqori texnologiyali korxonalar tashkil etish va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni ro‘yobga chiqarish ustida amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Madaniy-gumanitar hamkorlik ko‘lami sezilarli darajada kengaydi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi aloqalar rivojlanmoqda. 

Davlatlar rahbarlari bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar ikki qardosh xalq o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, keng ko‘lamli va har tomonlama O‘zbekiston-Turkiya sherikligini chuqurlashtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar. 

Поделиться