O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar kuni–yoshlarimizni yuksak maqsadlar sari rag‘batlantiradi

2017-08-30 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida ma’qullangan “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun 2017-yil 26-avgustda matbuotda e’lon qilindi va kuchga kirdi.

Dunyo aholisining qariyb 20 foizini yoshlar tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshadi. 

Yoshlar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligi. Ular uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. 

Bunga javoban yoshlarimiz bilim va salohiyati bilan nafaqat yurtimiz, balki jahon miqyosida o‘zlarini namoyon etayotir. Bugungi kunda to‘rt mingga yaqin yoshlar turli mukofotlarga sazovor bo‘lgan, 110 yigit-qiz Vatanimizning yuksak unvonlari bilan taqdirlangan. 22 mingdan ortiq yoshlar fan olimpiadalarida, 195 nafari xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 

Yoshlarimiz orasida fan nomzodlari, fan doktorlari ham talaygina. Shuningdek, 192 mingdan ortiq yoshlar turli sport musobaqalari, uch mingdan ko‘prog‘i xalqaro musobaqalar g‘olibidir. Yoshlarimiz orasida 600 jahon chempioni, 1 ming 300 Osiyo chempioni bor. 

Mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida mustahkam tashkiliy va huquqiy baza yaratilgan. Xususan, o‘tgan yillar davomida Asosiy qonunimiz va kodekslardan tashqari yoshlar siyosatiga oid 20 dan ortiq qonun, yuzga yaqin farmon va qaror qabul qilindi. 

O‘zbekiston yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatni ratifikatsiya qilgan. 

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tashkil etilishi mamlakatimizda mazkur yo‘nalishda yangi tarixiy davrni boshladi. E’tiborli jihati shundaki, mazkur tuzilmaning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha aniq tashkiliy mexanizmlar joriy etildi. Jumladan, Yoshlar ittifoqining raisi ayni vaqtda Prezidentimizning yoshlar siyosati bo‘yicha Davlat maslahatchisi hamda Senat a’zosi bo‘ldi. 

Shuningdek, ittifoqning hududiy kengashlari raislari yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi va maqomi bo‘yicha uning birinchi o‘rinbosariga tenglashtirildi. Bunday amaliyot joylardagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda yoshlarning bevosita ishtirokini ta’minlaydi. Shu bilan birga, kadrlar siyosatida ham yoshlar omiliga alohida e’tibor qaratilib, bilimli, tashabbuskor yoshlarimizga eng mas’uliyatli vazifalar ishonib topshirilmoqda. 

“O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunning kuchga kirgani mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona yoshlar siyosatining huquqiy ifodasi bo‘ldi. 30-iyun – O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni etib belgilangani farzandlarimiz uchun o‘ziga xos quvonchli bayram bo‘lishi bilan birga ularni yangi, yuksak marralarga chorlovchi beqiyos rag‘bat bo‘lishiga shubha yo‘q. 

Shu o‘rinda bugungi kunda yoshlar bilan bog‘liq oldimizda turgan dolzarb vazifalarga to‘xtalib o‘tsak. Xususan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy jihatdan yetukligi, kasb-hunar egallashi, huquqlari ta’minlanishiga e’tibor yanada kuchaytirilishi zarur. Uyushmagan yoshlar bilan ishlashning samarali tizimlarini ishlab chiqish hamda bu yo‘lda aniq va manzilli kuch va vositalarni safarbar etish darkor. 

Yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yosh avlod orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq. 

Davlatimiz rahbari yoshlar siyosatining o‘ziga xos nozik jihatlari xususida to‘xtalib, “...millionlab yoshlarning hayoti va kelajagiga bevosita daxldor bo‘lgan o‘zgarishlar har tomonlama chuqur o‘ylab ish tutishni, yetti o‘lchab, bir kesishni talab etadi”, deb ta’kidladi. 

Shu ma’noda, yangi qonun jamiyatimiz va davlatimizning yoshlar siyosatidagi qat’iy irodasini namoyon etib, mazmun-mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra nafaqat mamlakatimiz yoshlari, balki butun xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi. 
 

Gavhar Alimova,
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senati Fan, ta’lim, madaniyat va sport
masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari.

Поделиться