O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ISESCO Bosh direktori bilan uchrashuv

2017-08-30 | Siyosat

2017-yilning 30-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti (ISESCO) Bosh direktori Abdulaziz Usmon al-Tuvayjriy bilan uchrashdi.

Mehmon yurtimizga tashrifi va Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renensansi” nomli xalqaro konferensiya hamda “Sharq taronalari” musiqa festivalining ochilish marosimida ishritok etishdan olgan taassurotlari haqida so‘zlab berdi.

TIVdagi suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan ISESCO o‘rtasidagi munosabatlarning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Abdulaziz Usmon al-Tuvayjriy yakunlangan O‘zbekistonning IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisiligi shiori – “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo‘li”, IHT TIVKning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan 43-sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslari ISESCOning maqsad va vazifalariga to‘liq mos tushishini alohida ta’kidladi hamda joriy yilning 26-avgust kuni Toshkent islom universiteti huzurida islom tamaddunini o‘rganish bo‘yicha ISESCOning Maxsus kafedrasi ochilishi buni tasdiqlashini qayd etdi.

Muzokaralar yakunida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov ISESCO Bosh direktori Abdulaziz Usmon al-Tuvayjriyga O‘zbekiston nomidan mazkur tashkilotga to‘la huquqli a’zo sifatida kirish istagi to‘g‘risidagi yozma nomani topshirdi hamda ISESCO nizomini rasman imzoladi.

Поделиться