O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

2017-08-30 | Siyosat

Muhtaram Prezident Janoblari! 

Siz, Janobi Oliylari va butun O‘zbekiston xalqiga Xitoy xalqi va o‘z nomimdan qutlug‘ sana – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26-yilligi munosabati bilan samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman. 

26-yillik mustaqil taraqqiyot davrida O‘zbekistonda siyosiy barqarorlik, izchil iqtisodiy rivojlanish ta’minlanmoqda, mamlakatingizning xalqaro nufuzi muttasil ortmoqda, shuningdek, davlat qurilishi sohasida yuksak muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimida faoliyat boshlaganingizdan buyon, Sizning rahnamoligingizda strategik ahamiyatga ega qator ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Bu O‘zbekiston xalqi tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmoqda. 

Siz joriy yil may oyida Xitoyga ilk davlat tashrifini amalga oshirdingiz va "Bir makon, bir yo‘l" xalqaro forumida ishtirok etdingiz. Siz bilan samarali muzokaralar o‘tkazdik, ikki tomonlama munosabatlarimiz rivojiga yangi sur’at baxsh etgan qator muhim kelishuvlarga erishildi. 

Men Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish va Siz bilan do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga alohida ahamiyat qarataman. Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida XXR va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama sheriklikni birgalikda rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida Siz bilan o‘zaro yaqin munosabatlarimizni izchil davom ettirishga tayyorligimni bildiraman. 

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasiga taraqqiyot va farovonlik, xalqingizga baxt-saodat tilayman. 
 

Si Szinpin,
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

Поделиться