O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eksport istiqbollari muhokama qilindi

2017-08-30 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaga meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish mavzusiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Tadbirda vazirlik, idoralar hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari, xususan, joriy yilning 2-5-sentabr kunlari Londonda o‘tkaziladigan “Fine Food 2017” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadigan 19 tadbirkor qatnashdi.

2016-yil O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 151 million 300 ming dollarni tashkil qildi. Mamlakatimizda britaniyalik investorlar ishtirokidagi 559 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 159 tasi to‘liq xorijiy kapital asosida ish yuritmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniyaning 68 kompaniyasi vakolatxonasi akkreditatsiyadan o‘tkazilgan. 

Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi «British-Ameriken Tobakko», loyiha-muhandislik sohasiga ixtisoslashgan «Vorley Parsons», tog‘-kon sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan «Rio Tinto», ko‘rgazma tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda nom qozongan «Ay-Ti-I» singari kompaniyalar mamlakatimiz iqtisodiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarning muhim mexanizmi hisoblangan savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston – Britaniya kengashi samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Kengashning so‘nggi 23-yig‘ilishi 2016-yil 16-18-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. 

Seminarda Buyuk Britaniyaga meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishning shart-sharoitlari, olib kirilayotgan mahsulotlarga bo‘lgan talablar, bozorning umumiy salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar mahalliy eksport qiluvchi korxonalar e’tiboriga havola etildi.

 

Behzod Bozorov, O‘zA

Поделиться