O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Latviya Elchisi bilan uchrashuv
2017-08-25 | Siyosat
2017-yilning 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Latviya Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Mixails Popovsni qabul qildi.
Elchi Vazirga o‘z ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Latviya kun tartibining dolzarb masalalari, aloqalarni siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda rivojlantirish hamda “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” shaklida hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda alohida e’tibor bo‘lajak ikki tomonlama qo‘shma tadbirlarga qaratildi.