O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Arzon uy-joyga yengil avtomobil qo‘shib berilmoqda
2017-08-21 | Iqtisodiyot
«Ipoteka-bank» joriy yilda 190 dan ziyod uy-joy qurilishini moliyalashtirmoqda.
Prezidentimizning 2016-yil 22-noyabrdagi «2017-2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori mazkur bank xodimlarini ham yangi marralar sari ruhlantirdi.
Bank matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, arzon uy-joylar uchun pul to‘layotgan mijozlarga «Imkoniyat» nomli yutuqli omonat ham taklif qilingan edi. Bu tadbirlar joriy yilning 10-yanvaridan 1-apreliga qadar davom etdi. Ana shu muddatda boshlang‘ich mablag‘ to‘lagan fuqarolar ixtiyoriy ravishda unda ishtirok etdi.
Ayni paytda yutuqli lotereyada 5 ming 535 nafar, xususan, Toshkent shahridan 2 ming 382 omonatchi ishtirok etdi. Yutuqqa 500 ga yaqin qimmatbaho maishiy texnika va 14 dona «Spark» avtomobili qo‘yilgan edi. Bugun ana shu yutuqlarning g‘oliblari aniqlandi.
Maqsad yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda yashayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan boshqa toifadagi fuqarolarni arzon, qulay, zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash, turmush darajasini yanada oshirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdir.