O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahri faollari va rahbarlariga aholi uchun eng qulay turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha Olmaliq shahri bilan musobaqalashishni taklif etdi
2017-08-18 | Siyosat
Musobaqa shartlari uy-joy kommunal xo‘jaligi faoliyatini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilma, tibbiyot muassasalarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, o‘rtacha ish haqi ko‘rsatkichlarini oshirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘ladi. Davlatimiz rahbarining ushbu tashabbusi asosida shaharlarning o‘zaro musobaqalashuvi odamlar hayoti uchun munosib sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahri va Bekobod tumanida bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari bilan to‘liq qamrab olish, bu tajribani mamlakatimizning boshqa hududlariga tatbiq etish lozimligini ta’kidladi.