O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shavkat Mirziyoyev Bekobod faollari bilan uchrashuvda shaharda yangi mavze loyihalashtirish bo‘yicha ishlarni boshlashga topshiriq berdi
2017-08-18 | Siyosat
Yangi mavzeda ko‘p qavatli uylar quriladi.
Uylar O‘zbekiston metallurgiya kombinati va Bekobod sement zavodi ishchilari uchun tijorat banklarining kreditlari hisobiga bunyod etiladi. Har yili o‘rtacha 1200 xonadon foydalanishga topshiriladi. Mavzedagi birinchi uylarni bir yildan so‘ng, Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.
Prezidentimiz taklifiga ko‘ra yangi mavze "Mustaqillikning 27-yilligi" deb nomlandi.