O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrif buyurdi
2017-08-18 | Siyosat
Davlatimiz rahbari 18-avgust kuni Bekobod shahriga tashrifini “O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ faoliyati bilan tanishishdan boshladi.
Mazkur kombinat mamlakatimizning eng yirik ishlab chiqarish obyektlaridan biri hisoblanadi. 1944-yilda tashkil etilgan korxonada qora metall parchalari va chiqindalarni qayta ishlash, tayyor prokat mahsulotlari, sirlangan idishlar va boshqa xalq iste’moli mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Korxonada yangi yirik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Prezidentimiz mazkur loyihalar bilan tanishmoqda.