O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qozog‘iston Respublikasi mudofaa vazirini qabul qildi

2017-08-17 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi mudofaa vaziri Saken Jasuzoqovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasida samarali hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. 

Muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi aloqalar tufayli barcha yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik faollashayotgani qayd etildi. 

Tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib bormoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda, avtomobil, temir yo‘l va aviatsiya qatnovi sohasida amaliy hamkorlik sezilari darajada kengayib, mintaqalar o‘rtasida sheriklik mustahkamlanmoqda, O‘zbekiston va Qozog‘istonda madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

Harbiy va harbiy-texnik hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarning muhim va istiqbolli yo‘nalishi sifatida belgilangan. Xususan, suhbat chog‘ida mamlakatlarimiz mudofaa mahkamalari o‘rtasida, jumladan, sanoat kooperatsiyasi va harbiy kadrlar tayyorlash sohasida samarali hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi. 


S.Jasuzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. 

Mehmon harbiy va harbiy-texnik sohada mamlakatlarimizning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirishga Qozog‘iston tayyor va bundan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Поделиться