O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mustaqillik yillarida vijdon va e’tiqod erkinligi sohasida erishilgan yutuqlar

2017-08-15 | Jamiyat

Milliy matbuot markazida shu mavzuda matbuot anjumani tashkil etildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari mas’ullari, diniy konfessiyalar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari va jurnalistlar qatnashdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari O‘.Hasanboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari I.Inomov va boshqalar mamlakatimizda buyuk alloma va mutafakkirlarimiz merosini o‘rganish, islom ta’limotining turli yo‘nalishlarida chuqur ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga to‘xtaldi. 

Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat vakillari istiqomat qilib, 16 diniy konfessiyaga mansub 2 ming 241 diniy tashkilot, jumladan, Toshkent islom instituti, 9 o‘rta maxsus islom bilim yurti, pravoslav va protestant seminariyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Toshkent shahridagi O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy, Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Buxorodagi Mir Arab oliy madrasasi ular safiga kelib qo‘shildi. 

Anjumanda diniy ta’lim tizimidagi yangiliklar haqida ham ma’lumot berildi. Endilikda mamlakatimizning diniy yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari bitiruvchilari diplomlari davlat ta’lim hujjati sifatida e’tirof etiladi. Shuningdek, shu yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlariga maqsadli qabul rejalari kiritilmoqda. Islom akademiyasini tashkil etish bo‘yicha ham mutasaddi tashkilotlar o‘z takliflarini ishlab chiqqan. 

Anjumanda tahdidlarga qarshi kurashish maqsadida tizimli media choralar ham ishlab chiqilgani, ular amaliyotda qo‘llanilayotgani ham aytib o‘tildi. Xususan, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda yoshlarni ilm va hunar egallashga chorlovchi, ularni mutaassib g‘oyalardan himoya qilishni ko‘zlagan chiqishlar qilinmoqda. Internet tarmog‘ida yoshlarimizning mamlakatimizdagi diniy yo‘nalishdagi ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarni onlayn kuzatib borish imkoniyati ham yaratilgan. 

Anjuman doirasida mamlakatimizda chop etilgan diniy yo‘nalishdagi kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Bu haqda Sirdaryo tumanida o‘tkazilgan yosh tadbirkorlar va fermerlarning muammo va takliflarini o‘rganishga bag‘ishlangan ochiq muloqotda ma’lum qilindi. 

Viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda soliq, tijorat banklari mutaxassislari, viloyat fermerlar kengashi, “Yagona darcha” markazlari rahbarlari, yosh fermerlar, tadbirkorlar va shu sohada faoliyat yuritish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi. 

Ochiq muloqotda yoshlarning taklif va tashabbuslarini o‘rganish, ular duch kelayotgan muammolarga joyida yechim topishga alohida e’tibor qaratildi. 

– Bugungi tadbir ayniqsa, biz, yosh tadbirkorlar uchun g‘oyat foydali bo‘ldi, – deydi Guliston tumanidagi “Nurafshon hayot sehri” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Otayor Haydarov. – Korxonamiz zamonaviy jihozlangan, 6 kishi ish bilan ta’minlangan. Ammo, bizga un fondi ajratilmagani bois ishimiz to‘xtab qolgan edi. Bugungi muloqotda shu muammoni ko‘tardim. Viloyat hokimi masalani joyida hal qilib berdi. Shuningdek, chorvachilik fermasi tashkil etib, go‘sht, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun bankdan 70 million so‘m kredit mablag‘i olishda muammo yuzaga kelayotgan edi. Tijorat bankiga biznes loyihamizni ko‘rib chiqib, qonun talablari asosida kredit ajratish topshirig‘i berildi. Agar bu muammo ham hal bo‘lsa, yana 16 tengdoshim ish bilan ta’minlanadi. 

– Joriy yil davlatga g‘alla sotish rejasini ortig‘i bilan bajardik, – deydi Xovos tumanidagi “Xovos-Jamshidbek” fermer xo‘jaligi rahbari Aziza Hakimova. – G‘alladan bo‘shagan maydonga viloyatdagi eksportyor tashkilotlar bilan shartnoma tuzib, mosh ekdik. Hozir baravj o‘smoqda. Texnika masalasida qiynalayotganimni bildirib, lizing asosida texnika ajratilishini so‘radim. Viloyatimiz hokimi shu yerning o‘zida masalani hal qilib berdi. Shuningdek, yilqichilikni tashkil etish rejamiz ham bor, ammo uni rivojlantirish uchun ozuqa bazasi mustahkam bo‘lishi kerak. Shu maqsadda unumdorligi past, yaxshi hosil bermayotgan yerdan ozuqabop ekinlar uchun 10 gektar ajratilishini so‘rab, vakolatli tashkilotlarga murojaat qildim, natija bo‘lmadi. Umid qilamanki, bu masala ham o‘z yechimini topadi. 

Tadbirda bank, soliq va kadastr tashkilotlari, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi hamda boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari yoshlarga savol va murojaatlari yuzasidan atroflicha tushuncha va maslahatlar berdi. Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarning asosiy qismi shu yerda o‘z yechimini topdi. 

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqdi.

 

Abdujalol Qayumov, O‘zA

Поделиться