O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston-Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyalarining bo‘lajak majlislariga doir
2017-08-15 | Siyosat
2017-yilning 16-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Qirg‘iziston Respublikasida bo‘ladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha va Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyalari majlislarida ishtirok etadi.
Qirg‘iziston tomonidan Hukumatlararo komissiyalarning hamraisi Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish kutilmoqda.