O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar adliya vazirlarining beshinchi majlisini tayyorlash bo‘yicha ekspertlar birinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha
2017-08-14 | Jamiyat
2017 yil 10 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida O‘zbekiston tomoni raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga a’zo davlatlar adliya vazirlarining beshinchi majlisini tayyorlash bo‘yicha ekspertlar birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirliklari hamda Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi Huquq va adliya vazirliklari vakillari ishtirok etdi.
Ekspertlar uchrashuvi doirasida O‘zbekiston tomoni 2017 yil oktyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan SHHTga a’zo davlatlar adliya vazirlarining beshinchi majlisi (quyidagi matnda - Majlis)ga tayyorgarlik borishi haqidagi ma’lumot taqdim etildi.
Shuningdek, quyidagi hujjatlar loyihalari muhokama etildi:
• Majlis kun tartibi;
• Majlis yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot;
• SHHTga a’zo davlatlar adliya vazirlarining Majlisi sud-ekspert faoliyati bo‘yicha ekspertlar Ishchi guruhi Reglamenti;
• Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning yuridik xizmatlar bo‘yicha Ishchi guruhi Reglamenti.
Tomonlar barcha ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha yagona yondashuvni ishlab chiqishlari va ularni Majlis arafasida ekspertlarning ikkinchi yig‘ilishi doirasida muhokama etishlari zarur.
Tomonlar ta’kidlashicha, uchrashuv ishchanlik va samimiy ruhda o‘tdi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tomonlar bayonnoma imzoladilar.