O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mamlakatimizda yangi o‘quv yili arafasida 1 ming 325 maktab yarmarkasi tashkil etiladi

2017-08-09 | Jamiyat

Respublika "Barkamol avlod" bolalar badiiy ijodiyot markazida maktab o‘quv qurollari, darsliklar, o‘quv va sport kiyimlari, poyabzallar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha tizimda amalga oshirilgan ishlar xususida jurnalistlarga ma’lumot berdi. Yangi o‘quv yili arafasida mamlakatimizda aholiga qulaylik yaratish maqsadida 10-avgustdan 10-sentabrga qadar 1 ming 325 maktab yarmarkasi tashkil etiladi. Joylardagi savdo majmualari, bozorlardan tashqari 927 umumta’lim maktabida yarmarkalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ularda 26 turdagi o‘quv quroli va jihozi sotuvi tashkil etiladi. Mahsulotlarning aksariyati mamlakatimizda ishlab chiqarilgan bo‘lib, asosiy turdagi mahsulotlarni aniqlangan ehtiyoj asosida mutasaddi kompaniya va tashkilotlar yetkazib bermoqda. 

Maktab yarmarkalari faoliyatini uyushqoqlik bilan tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida mahalliy hokimliklarda ishchi guruhlar tuzilgan. 

Maktab yarmarkalariga asosiy turdagi mahsulotlarni aniqlangan ehtiyoj asosida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi, “Sharq ziyokori” mas’uliyati cheklangan jamiyati va “Sharq” kompaniyasi yetkazib beradi. 

– Korxonamiz 10-yildan buyon o‘quvchilarga to‘qilgan kiyim-kechaklar yetkazib beradi, – deydi "Sedat Triko Toshkent" qo‘shma korxonasi xodimi Munira Ro‘zmetova. – Maktab o‘quvchilari uchun formalarning kolleksiyalarini yaratishda mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan tabiiy matolarni tanlashga, maktab kiyimlari qulay, ixcham, zamonaviy hamda gigiyenik talablarga mos bo‘lishiga alohida e’tibor qaratamiz.

Mahsulotlarni saqlash, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va boshqa choralar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Maktab yarmarkalarida savdosi tashkil etilayotgan mahsulotlarning amaldagi standartlarga javob berishi hamda ularning sifati tegishli tashkilotlar tomonidan nazorat qilinayotir. 

Maktab yarmarkalarida mahsulotlar narxi sun’iy tarzda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va to‘lov terminallari uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida mahalliy hokimliklar va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan doimiy nazorat yo‘lga qo‘yilgan.
 
* * *
 
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, o‘quvchilarning asosiy turdagi o‘quv qurollari – darsliklar, maktab formalari, kiyim-kechaklar va poyabzallarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 243-maktabda namunali maktab yarmarkasi tashkil etildi. 

Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yosh avlodni bilimli, jismonan sog‘lom va yuksak ma’naviyatli insonlar etib voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda. Ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol uslublar joriy etilayotgani o‘qitishni sifat va mazmun jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotir.
 
Maktab yarmarkasida 26 turdagi mahsulotlar sotuvi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u yerdagi narxlar ota-onalarga manzur bo‘lmoqda. 

– Har yili farzandlarimga o‘quv qurollari, kiyim-kechaklarni maktab qoshida tashkil etiladigan yarmarkadan xarid qilamiz, – deydi Dilorom Egamberdiyeva. – Chunki bu yerdagi mahsulotlar narxi bozordagiga qaraganda arzon. Bugun ham farzandlarim bilan yarmarkaga kelib, maktab formalarini ko‘zdan kechirdik. Ularning sifati, bejirimligi bolalarimga har tomonlama yoqdi. 
 
 
Davron Sunnatov, A’lo Abdullayev (surat), O‘zA

Поделиться