O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Muvofiqlashtiruvchi Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2017-08-08 | Jamiyat

Joriy yilning 6 avgust kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq jo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur kengash a’zolari, aloqador vazirlik, idora va muassasalarning rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, muvofiqlashtiruvchi Kengash raisi Z.Mirzayev boshqargan yig‘ilishda davlatimiz rahbariyati tomonidan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyot tarmoqlari, xususan, qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun yuqori salohiyatli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, bunda xalqaro standartlar talablarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiy sohalar va tarmoqlarning ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va boshqa tegishli qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda soha uchun kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi va ilmiy-texnik salohiyatini yanada mustahkamlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ilmiy-pedagog kadrlar va mutaxassislarning tizimli ravishda malakasini oshirish hamda qayta tayyorlashni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish omillari muhokama etildi.

Shuningdek yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi B.Norqobilov, “O‘zagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi N.Otajonov, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi A.Ergashevning o‘zlari rahbarlik qilayotgan sohalar va ular tizimidagi tashkilot va idoralarning oliy va o‘rta maxsus malakali kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi, kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlari va ularni tayyorlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilishda kun tartibida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Поделиться