O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Serbiya Prezidentining Maxsus vakili bilan uchrashuv
2017-08-08 | Siyosat
2017-yilning 7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Serbiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Siyosiy direktori, Prezidentning Maxsus vakili Zoran Vuyich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarga doir masalar muhokama qilindi. Asosiy e’tibor siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga qaratildi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Serbiya hamkorligining shartnomaviy-huquqiy bazasini shaklantirishdagi qo‘shma ishlar borishi batafsil ko‘rib chiqildi.
Serbiya tomoni 2017-yilning avgust va noyabr oylarida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Jahon tamadduni tarihida Markaziy Osiyo Renesansi” va “Markaziy Osiyo: umumiy o‘tmish va mushtarak kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lida hamkorlik” xalqaro konferensiyalariga taklif qilindi.