O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiyalik shifokorlar Gulistonda

2017-08-07 | Jamiyat

Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti otorinolaringologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, pofessor Vasiliy Antoniv va tibbiyot fanlari doktori, professor Valentin Aksenov uch kun davomida Guliston shahrida bo‘lib, sirdaryolik bemorlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

– Tibbiyotning Vatani bo‘lgan O‘zbekistonga kelganimizning o‘zi biz uchun katta sharaf, – deydi professor V.Antoniv. – Yuqori malakali shifokorlar bilan ishlash hamisha zavqli. O‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan go‘yo ko‘p yillardan buyon birga ishlayotgandek his qildim o‘zimni. Bu yerdagi zamonaviy tibbiy jihozlar, shifokor va bemorlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar tahsinga loyiq. Davlatingiz rahbari tashabbusi bilan tibbiyot sohasida ulkan islohotlar amalga oshirilayotir. Zamonaviy shifoxonalar, tibbiy dori-darmon va asbob-uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar barpo etilmoqda. Tibbiyoti rivojlangan xorijiy davlatlardan malakali shifokorlar taklif qilinmoqda. Bu yerda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib, rosti, sizlarga havasim keldi. 

Rossiyalik mutaxassislar ishtirokida mahalliy shifokorlar uchun mahorat darslari o‘tkazildi. Quloq, tomoq, burun va boshqa tana a’zolarida shamollash kasalliklarining og‘ir asoratli turlari bilan og‘rigan bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, muolaja qilindi. Jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 

– Mashhur shifokorlar Gulistonga kelganini eshitib, to‘g‘ri shu yerga kelaverdim, – deydi Sirdaryo tumanidan M.Yorlaqabova. – Qulog‘imdagi qattiq sanchiq, yaxshi eshitmaslik meni bezovta qilayotgan edi. Rossiyalik shifokorlar ko‘rikdan o‘tkazdi, aniq tashxis qo‘yib, muolaja qildi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, kichik jarrohlikdan so‘ng og‘riq qolib, eshitish qobiliyatim tiniqlashdi. Bizga shunday qulayliklar yaratib berayotgan davlatimizdan minnatdormiz. 

Xorijlik olimlarning tashrifi mahalliy shifokorlarga tajriba almashish imkonini berdi. Bu mamlakatimizda aholi salomatligini yanada mustahkamlash, mahalliy mutaxassislarni aniq tashxis qo‘yish, eng murakkab muolajalarni amalga oshirish va jarrohlik amaliyoti borasida tajribasini boyitishga xizmat qiladi.

 

Abdujalol Qayumov, O‘zA

Поделиться