O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yosh tadbirkorlar muammolari hal etilmoqda

2017-08-07 | Iqtisodiyot

Surxondaryo viloyatida yosh tadbirkor va fermerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati hech kimdan kam bo‘lmagan navqiron avlodni ulg‘aytirish, ularning iste’dod va tashabbuslarini rag‘batlantirishda yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. 

Prezidentimizning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2017-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi mas’ul xodimlari, viloyatdagi tijorat banklari, turli idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan tadbirda tadbirkorlik, fermerlik bilan shug‘ullanib, yurt taraqqiyoti, aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shmoqchi bo‘lgan yoshlarning tashabbus va g‘oyalari munosib qo‘llab-quvvatlanayotganiga alohida e’tibor qaratildi. 

– Mamlakatimizda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilayotgan alohida e’tibor yosh tadbirkor va fermerlarning hayotimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlab, ularni yanada izlanishga, yangilik yaratishga da’vat etmoqda, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati kengashi ”Yosh tadbirkor” konsultativ markazi koordinatori Umid Qulmamatov. – Biz, yoshlarning orzu-umidlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishga ko‘maklasha oladigan va mutlaqo yangicha tizimda faoliyat yuritadigan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkilotiga asos solingani barchamizni yanada ruhlantirdi. Yosh tadbirkor va fermerlarimiz bildirilgan bunday yuksak ishonchga munosib bo‘lishga intilmoqda. 

Ochiq muloqotda yosh tadbirkor va fermerlar kelajakdagi rejalari, orzu-istaklari haqida gapirdi. Ularning muammolari tinglanib, ayrimlari joyida hal etildi. Yechimi vaqt talab etadigan ba’zi masalalarni o‘rganish va hal etish uchun mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Yosh tadbirkor va fermerlar “Surxon Termiz Chinni” mas’uliyati cheklangan jamiyatining mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. 

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi.

 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA

Поделиться