O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ekspert-kriminalistika xodimlari o’rtasida ko’rik-tanlov

2017-07-26 | Jamiyat

Respublika ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika xizmati xodimlari o’rtasida musobaqa o’tkazildi. Xodimlar kasbiy, jismoniy, jangovor tayyorgarliklari bilan kuch sinashdilar.

Ikki kun davomida o’tkazilgan bellashuvda “Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi” nominatsiyasi bo’yicha barcha natijalarda yuqori ko’rsatkichlarni qo’lga kiritgan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi jamoasi 1-o’ringa sazovor bo’ldi. Shuningdek, 2-o’rin Surxondaryo, 3-o’rin esa Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmalari jamoalariga nasib etdi.

Sinov natijalariga ko’ra, “Eng yaxshi ekspert-kriminalistika xodimi” nominatsiyasida Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shumanay tumani IIB katta eksperti, katta leytenant R.Uzakbergenov 1-o’ringa, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar IIB eksperti, leytenant I.Toshnazarov 2-o’ringa, Buxoro viloyati Buxoro shahar IIB eksperti, katta leytenant M.Tagaev 3-o’ringa loyiq deb, topildi.

G’oliblarga Vazirlikning diplom va sovg’alarini O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o’rinbosari, polkovnik A.Boboxonov tantanali ravishda topshirdi.

- Albatta, bunday musobaqalar, xodimlar o’rtasida bilimlarini sinovdan o’tkazish, o’z ustilarida ishlashni talab qiladi. - deydi Toshkent shahar IIBB vakili Yunusobod tumani IIB eksperti, leytenant H.Yuldashev. Yuqori natijalarni qo’lga kiritishimizda ustozlarimizdan o’rganganlarimiz katta yordam berdi. Olgan bilimlarimizni xalqimiz tinchligi osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va fosh etishga safarbar etamiz.

Поделиться