O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev: import qilinayotgan mahsulotlarni mahalliylashtirish-eng muhim masala

2017-07-21 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-iyul kuni Angren shahriga tashrif buyurdi.

Toshkent viloyatida kimyo sanoati, neft-kimyo, qora va rangli metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik va metallni qayta ishlash kabi zamonaviy sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlangan. 

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 13-apreldagi farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Angren” maxsus industrial zonasi bu boradagi salohiyatdan to‘la foydalanish, yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishda muhim omil bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 26-oktabrdagi farmoniga muvofiq ushbu hudud «Angren» erkin iqtisodiy zonasi, deb ataldi, imkoniyatlari va imtiyozlari kengaytirildi. 

Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 20-sentabr kuni Angren shahriga tashrif buyurib, ushbu zonada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik investitsiya loyihalari bilan tanishgan edi. 

Ulardan biri konveyyer lentalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtomobil shinalari ishlab chiqarish loyihasidir. Loyihaga ko‘ra yiliga 100 ming pogon metr konveyyer lentasi, 200 mingta qishloq xo‘jaligi texnikasi shinasi, 3 million dona avtomobil shinasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 

Prezidentimiz mazkur loyiha ijrosining borishi bilan tanishdi. 

Konveyyer lentasi va shinalar sanoat, qishloq xo‘jaligi, umuman, odamlar hayoti uchun eng zarur mahsulotlardan hisoblanadi. Ular xorijdan olib kelinmoqda. Bu tovarlarni mamlakatimizda ishlab chiqarish import o‘rnini to‘ldirish, valyuta mablag‘larini tejash, shu bilan birga, eksportdan foyda topish imkonini beradi. 

Bu zavod mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega, dedi Prezidentimiz. Bu yerda jahon standartlariga mos, yuqori sifat va keng nomenklaturadagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Odamlar barqaror daromad manbaiga ega bo‘ladi, hayotdan rozi bo‘lib yashaydi. 

Zavod ishga tushgach 1 ming 200 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi. Yoshlar zamonaviy texnologiyalarni egallab, malakali kadr bo‘lib shakllanadi. Hozirgacha 68 mutaxassis Xitoyda malaka oshirib qaytdi. 

Davlatimiz rahbari korxona uchun mutaxassislarni aniq, manzilli asosda tayyorlash, xomashyoni mahalliylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Xitoyning "Poli teknoloji" kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish, xususan, yangi imkoniyatlarni kashf etish, ishlab chiqarish va qayta ishlashni chuqurlashtirish bo‘yicha "O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi bilan 10-yillik strategiya ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi. 

Bugungi kunda zavodda qurilish-montaj ishlari jadal davom etmoqda. Rejaga ko‘ra, joriy yilning 1-sentabr kuni korxonada birinchi shina ishlab chiqariladi. 

Shu yerda qurilish materiallari, avtomobilsozlik, elektr texnikasi va neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish, «Angren» erkin iqtisodiy zonasida istiqbolli loyiahalarni amalga oshirish, Toshkent viloyatidagi bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi. 

Prezidentimiz bu loyihalarning iqtisodiy samaradorligiga e’tibor qaratdi, xomashyosi va bozorini surishtirdi. Korxonalarning oyoqqa turib olishiga ko‘maklashish, energiya sarfini kamaytirish orqali mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, odamlarni ish bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi. 

Prezidentimiz xorijlik investorlar bilan suhbatlashdi. 

Shu yerda «Angren» erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardan namunalar namoyish etildi.

 

Anvar Samadov, Yolqin Shamsitdinov (surat), O‘zA

Поделиться