O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O’zmеtkombinat” AJ ishlab chiqarish faoliyatining 2017 yil I yillik davomida prognoz paramеtrlari bajarilishi to’g’risida
2017-07-20 | Iqtisodiyot
2017 yil I yillik davomida kombinat tomonidan amaldagi narxlarda 703,4 mlrd so’mlik, solishtirma narxlarda 614,7 mlrd so’mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi, tovar mahsulotining o’sish sur'ati solishtirma narxlarda 2016 yilning tеgishli davriga nisbatan 101,2% tashkil etdi.
2017 yil I yillik davomida kombinat tomonidan 372,9 ming tonna tayyor prokat ishlab chiqarildi. Tayyor mahsulotning o’sish sur'ati 2016 yilning tеgishli davriga 100,9% tashkil etdi.
2017 yil I yillik davomida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarining bajarilishi 14,7 mlrd. so’mni tashkil etdi, bu prognoz topshirig’iga nisbatan 100,1% iashkil etdi.
Koopеratsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalar ijrosi jadval bo’yicha 153,4 mlrd so’m bo’lgan taqdirda, amalda 155,4 mlrd so’mni tashkil etib, prognoz topshirig’iga nisbatan 101,3% tashkil etdi.
Mahsulotning tannarxini pasaytirish bo’yicha chora-tadbirlar Komplеksiga ko’ra prognoz topshirig’i 22,9 mlrd so’m bo’lib, amalda 23,0 mlrd so’mni tashkil etdi, bu prognoz topshirig’iga nisbatan 104,3% tashkil etdi.
2017 yil I yillik davomida 11 invеstitsiya loyihalari bo’yicha kapital mablag’larini o’zlashtirilishi 31,8 mln dollarni tashkil etdi, bu prognoz topshirig’iga nisbatan 100,2% tashkil etdi.
“O’zmеtkombinat” AJ
Hujjatlarni ijro etishni muvofiqlashtirish
va axborotni ta'minlash xizmati