O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Husniddin va Doniyor jahonda tengsiz
2017-07-18 | Sport
Buyuk Britaniyaning London shahrida o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha paralimpiyachilar o‘rtasidagi jahon chempionatini sportchilarimiz g‘alaba bilan boshladi.
Musobaqaning disk otish bahslarida yurtdoshimiz Husniddin Norbekov 54,73 metrlik natija ko‘rsatib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi va mazkur yo‘nalishda ikkinchi marotaba jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. U 2015 yili Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham birinchi o‘rinni egallagan edi.
Chempionatning uzunlikka sakrash bahslarida yana bir tajribali atletimiz Doniyor Soliyev 7,18 metrlik natijaga erishib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Uning ko‘rsatkichi Osiyoning yangi rekordi sifatida qayd etildi.