O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonga Afg‘oniston delegatsiyalarining bo‘lajak tashrifiga doir
2017-07-18 | Siyosat
2017-yilning 19-iyul kuni Toshkent shahriga Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Hanif Atmar va Infratuzilmalar, texnologiyalar va kadrlar resurslari bo‘yicha katta maslahatchisi Muhammad Humoyun Qayumi boshchiligidagi delegatsiyalari amaliy tashrif bilan keladi.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ikki tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazish o‘rin olgan.