O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezidentimiz Namangan shahri Uychi ko‘chasidagi uy-joylar qurilishi bilan tanishdi

2017-07-08 | Siyosat

Mamlakatimizning barcha shaharlari kabi Namanganning ham qiyofasi yildan-yilga go‘zallashib, zamonaviy turar joy binolari, madaniyat va istirohat bog‘lari barpo etilmoqda.

Davlatimiz rahbari shaharning Uychi ko‘chasini obodonlashtirish, infratuzilmasini takomillashtirish, rekonstruksiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mazkur ko‘chada o‘n beshta ko‘p qavatli turar joy binosi va o‘ndan ziyod infratuzilma obyekti qurilmoqda. O‘tgan yilning kuzida ushbu ko‘chada Namangan shahar 2-bolalar va o‘smirlar maktabining zamonaviy binosi foydalanishga topshirilgan. Ikkita yopiq sport zali va boshqa zarur xonalarga ega bo‘lgan majmuada sportning ko‘plab turi bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratilgan.  

Prezidentimiz ko‘p qavatli turar joylarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish, aholi uchun zarur sharoitlar yaratish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. 

Shu yerda Namangan shahrida namunaviy loyiha asosida bunyod etilayotgan 8 ta yetti qavatli arzon turar joy binosi, Farg‘ona vodiysi temir yo‘llarini elektrlashtirish konsepsiyasi, Namangan temir yo‘l vokzalini yangidan qurish, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya va endokrinologiya ilmiy-amaliy markazlari Namangan filiallari binolarini rekonstruksiya qilish, ularni malakali kadrlar va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash, Kosonsoy tumanida yoshlar va o‘smirlar texnoparki bunyod etish loyihalari taqdimoti bo‘ldi. 

Davlatimiz rahbari Namangan shahrida kelasi yili namunaviy loyiha asosida 18 ta ko‘p qavatli turar joy qurilishini ta’kidladi. Kvartiralarni taqsimlashda adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish lozimligini qayd etdi. 

Prezidentimiz O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Namangan viloyati badiiy ijodkorlar uyushmasi galereyasining rekonstruksiya qilingan binosi va bu yerdagi ko‘rgazma bilan tanishdi. 

Galereyani yoshlarimiz uchun chin ma’nodagi ma’rifat maskaniga aylantirish, milliy an’analarimizni davom ettiradigan «ustoz-shogird» maktabini yaratish, bunday galereyalarni barcha viloyatlarda tashkil qilish kerak, dedi davlatimiz rahbari. Yoshlarimiz ko‘p asrlik tasviriy va amaliy san’atimiz an’analariga hurmat ruhida kamol topsin. 

Prezidentimiz Namangan shahar 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida mashg‘ulotlarda qatnashayotgan badiiy gimnastikachi qizlar va bokschi yoshlar bilan muloqot qildi. 

Bugun o‘zbek boks maktabi vakillariga butun dunyo sportchilari tan bermoqda, havas qilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarda jahonda tengsiz ekanini isbotladi. Bunday yutuqlarga erishish uchun nafaqat zamonaviy sharoit, balki tinimsiz mehnat, fidoyilik, vatanparvarlik ham talab etiladi. Sizlarga ham kelgusida katta sportda yuksak parvozlar tilayman, dedi davlatimiz rahbari. 

Prezidentimiz yosh sportchilarga sovg‘alar topshirdi.

 

Ziyodulla Jonibekov, Sarvar O‘rmonov (surat), O‘zA

Поделиться