O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mudofaa vazirligida uchrashuv
2017-07-05 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida
2017-yil 1-iyul kuni
mamlakatimiz mudofaa vaziri general-polkovnik Q.Berdiyev Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik V.Zarudnitskiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Markaziy Osiyo mintaqasidagi bugungi holat va xavfsizlik muammolari xususida fikr almashildi, harbiy va harbiy-texnik sohada o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.