O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

2017-06-30 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Davlatimiz rahbari suhbat avvalida Turkmaniston Prezidentini 60-yillik yubileyi munosabati bilan samimiy muborakbod etdi. 

O‘zbekistonda Turkmaniston Prezidentini jahon miqyosidagi buyuk davlat va siyosat arbobi, katta hayotiy tajribaga ega, umrini o‘z mamlakati farovonligi va ravnaqiga sadoqat bilan xizmat qilishga bag‘ishlagan fidoyi rahbar sifatida yaxshi bilishi ta’kidlandi. 

Bugun Turkmanistonda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, infratuzilmani jadal rivojlantirish va aholi hayot darajasini yuksaltirishga qaratilgan ko‘plab yirik loyiha va dasturlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi mustahkamlanib bormoqda. 

Zamonaviy Turkmaniston erishayotgan barcha yutuqlar bevosita Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning nomi, puxta o‘ylangan siyosati, qat’iy sa’y-harakatlari va fidokorona mehnati bilan bog‘liq. 

Davlat rahbarlari shu yilning mart va may oylarida Turkmanistonda o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar. Barcha darajadagi aloqalar faollashib, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalar samarali amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Prezidentlar strategik sheriklikning yuksak darajasiga erishish imkonini bergan yaqin va samarali o‘zaro hamkorlik bo‘yicha to‘plangan tajriba ikki tomonlama aloqalarning mavjud ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladilar. 

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro siyosatning o‘zlarini qiziqtirgan dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar. 

Muloqot so‘ngida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni yubileyi bilan yana bir bor samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, baxt-saodat, davlat rahbaridek mas’uliyatli faoliyatida yangi-yangi muvaffaqiyatlar, qardosh Turkmaniston xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi. 

Suhbat an’anaviy samimiyat va do‘stona ruhda o‘tdi.

Поделиться