O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezidentimiz Katta Qorasuv mahallasiga tashrif buyurdi

2017-06-30 | Siyosat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumaniga tashrifi davomida  Katta Qorasuv mahallasida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari hududlarga tashrifi davomida mahallalarda bo‘lib, fuqarolar yig‘ini xodimlari, profilaktika inspektori va aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, xalq bilan muloqot qilmoqda. 

Mamlakatimizda mahalla institutining huquqiy asoslarini mustahkamlash, vakolati va vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘zaro munosabatlarini ta’minlashga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi o‘rni tobora ortib bormoqda. 

Davlatimiz rahbarining joriy yil 3-fevraldagi «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan mazkur tizim faoliyatida yangi taraqqiyot bosqichi boshlandi, tuzilma tubdan isloh qilinib, zamon talablari asosida takomillashtirilmoqda. 

“Katta Qorasuv” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilayotgan ishlar bunga yorqin misoldir. 

Mahallada istiqomat qiladigan 3 ming 400 dan ortiq aholi orasida turli millat vakillari bor. Kapital ta’mirlangan mahalla markazi odamlarni o‘zaro yaqinlashtirishga, do‘stlik, hamjihatlik, mehr-oqibat fazilatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. 

Fuqarolar yig‘inida mahalla raisi, kotib va maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun alohida xizmat xonalari bo‘lib, ular zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, tegishli adabiyotlar bilan ta’minlangan. Turli kitoblar, minglab elektron adabiyotlar bazasiga ega kutubxona aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng yoyishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

 Davlatimiz rahbari mahalla faollari bilan yoshlar tarbiyasi, aholi bandligini ta’minlash, mahallada jinoyatchilikning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida suhbatlashdi.  

Mahalla markazlarida choyxona, novvoyxona, “Go‘zallik saloni”, do‘konlar, sport va bolalar maydonchalari bo‘lishi odamlarning zarur ehtiyojlarini qondirish bilan birga, hududdagi ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Prezidentimiz mahalla hayoti bilan tanishdi.  "Kristall" bolalar raqs ansambli a’zolari turli raqslar ijro etdi.   

Yosh iste’dodlarga musiqa asboblari sovg‘a qilindi.   

Mahallada uyushmagan yoshlar bilan ishlashda aniq tizimni yo‘lga qo‘yish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishdan asrashda mahalla yetakchi o‘rin tutishi ta’kidlandi.  

Aholi bilan doimiy muloqot o‘rnatish,  fuqarolar osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, voyaga yetmaganlar bilan samarali ishlashi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

 

Abu Bakir O‘rozov, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA

Поделиться