O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
«Lokomotiv» peshqadam
2017-06-28 | Sport
Futbol bo‘yicha oliy liga jamoalari o‘rtasida o‘tayotgan XXVI O‘zbekiston milliy chempionatining birinchi davra o‘yinlari nihoyasiga yetmoqda.
O‘tkazish muddatlari kechga surilgan «Bunyodkor» - «Nasaf» va «Lokomotiv» - «Metallurg» o‘yinlaridan so‘ng futbolchilar qisqa tanaffusga chiqadi.
«Lokomotiv» jamoasi so‘nggi turda «Bunyodkor»ga kichik hisobda mag‘lub bo‘lishiga qaramasdan 32 ochko to‘plagan holda peshqadamlikni saqlab turibdi. Keyingi o‘rinlarni «Qo‘qon-1912» hamda «Nasaf» jamoalari band etgan. «Neftchi» va «Obod» jamoalari chempionatning so‘nggi o‘rinlarida bormoqda.