O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonga Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vazirining bo‘lajak tashrifiga doir
2017-06-25 | Siyosat
2017-yilning 26-iyun kuni Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto Toshkent shahriga rasmiy tashrif bilan keladi.
Ikki kunlik tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati, Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar, Tashqi savdo, qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklarida, shuningdek Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi rahbarlari bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlar va muzokaralar o‘rin olgan.
Vazir Peter Siyarto Toshkentda Vengriya Elchixonasining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi