O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hamdardlik
2017-06-24 | Siyosat
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti
Muhammad Ashraf G‘ani
Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Afg‘onistondagi Xelmand viloyatining Lashkargax shahridagi portlash oqibatida ko‘plab insonlarning nobud bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi.
O‘zbekiston ushbu qabih terrorchilik xurujlarini keskin qoralaydi hamda bu tahdidga qarshi xalqaro miqyosda hamkorlik qilish zarurligini yana bir bor ta’kidlaydi.
Ushbu musibatli damlarda, Siz Janobi Oliylariga va Siz orqali butun afg‘on xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik tuyg‘ularimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘raymiz. Jarohat olganlarni esa tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz.
Qayg‘u ila,
Manba: O'zA