O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSH Elchisi bilan uchrashuv
2017-06-23 | Siyosat
2017-yilning 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi hamda bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi