O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tibbiyot xodimlarining moddiy manfaatdorligi oshadi

2017-06-21 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston "Adolat" SDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 6-iyundagi "Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda uning samaradorligi uchun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining ijrosini ta’minlashda partiya deputatlik korpusining faol ishtiroki masalalari muhokama etildi. 

Mazkur qarorda Toshkent shahrining tuman markaziy ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinikalari rahbarlari va mutaxassislariga aholini ko‘p uchraydigan kasalliklardan profilaktika qilish, davolash bo‘yicha alohida bemorlar hamda butun oila darajasida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, aholiga malakali birlamchi, tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish, tug‘ruq yoshidagi ayollar, o‘smir qizlar, yolg‘iz keksalar, nogironlar, o‘zgalar ko‘magiga va ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar o‘rtasida doimiy patronaj ishlarini amalga oshirish kabi vazifalar belgilangan. Bu vazifalarning samarali bajarilishi nogironlikni kamaytirish, aholi o‘rtasida yuqumlik kasalliklar tarqalishini bartaraf qilish, tibbiy madaniyatni yanada oshirishga xizmat qiladi. 

Qarorga muvofiq, tizimdagi kamchiliklarni va muammoli masalalarni bartaraf etish, ish shakllari va usullarini yanada takomillashtirish maqsadida tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari rahbarlari va mutaxassislari xalq deputatlari shahar kengashi sessiyalarida har chorakda hisobot berishi yo‘lga qo‘yildi. Tibbiy xizmat sifati yuzasidan parlament va jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini muntazam yaxshilab borishga, mavjud kamchilik va muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish imkonini beradi. 

– Qaror asosida Toshkent shahri oilaviy poliklinikasi, tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomlar va tuzilmalar, birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami, tez tibbiy yordam muassasalari hamda statsionar tibbiyot tashkilotlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, – deydi «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi O‘.Xolov. – Bu ham mazkur muassasalar faoliyatida qonuniylik va oshkoralikni ta’minlash hamda aholiga uzluksiz tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini sifat jihatdan yanada yaxshilaydi. 

– Qarorda tibbiyot xodimlari faoliyatini baholash natijalari asosida ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini o‘z ichiga oladigan Nizom loyihasini ishlab chiqish va 2017-yilning 1-oktabridan boshlab amaliyotga kiritish nazarda tutilgan, – deydi «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi M.Dadaxo‘jayeva. – Bu soha mutaxassislarining mas’uliyatini yanada oshirish barobarida ularni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlari joriy etishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Muhokamalarda qaror ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston "Adolat" SDPning barcha darajadagi deputatlik guruhlari hamda faollarining vazifalari belgilab olindi.

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA

Manba: O'zA

Поделиться