O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasining Tojikistonga tashrifiga doir
2017-06-20 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozukulov boshchiligidagi delegatsiya 2017-yilning 20-iyun kuni O‘zbekiston-Tojikiston muzokaralarini o‘tkazish uchun Dushanbe shahriga tashrif buyuradi.
Ikki kunlik tashrif chog‘ida aniq kelishuvlarga erishish maqsadida savdo-iqtisodiy, investitsion va boshqa sohalardagi, jumladan O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan biznes-forum yakunlariga ko‘ra hamkorlikni kengaytirishning amaliy masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.