O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qanliko‘l tumanidagi sayyor qabulda murojaatlar joyida hal etildi

2017-06-20 | Jamiyat

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi mas’ul xodimlari tomonidan joylarda sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Tadbirlarda tadbirkorlik subyektlarining samarali faoliyati yo‘lida uchrayotgan to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, qonunchilikka zid bo‘lgan idoraviy qarorlarni bekor qilish, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash, bank kreditlaridan erkin foydalanish, uy-joy kommunal va yo‘l-transport xizmatlari sifatini yaxshilash, mahalliy hokimiyat idoralari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati bo‘yicha fuqarolar murojaatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi markaziy va hududiy tashkilotlari tarkibida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash” tizimi joriy etildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish, ayniqsa, eng chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholi muammolarini o‘rganish va uning ijobiy hal etilishiga amaliy ko‘mak berish, hududni rivojlantirish bo‘yicha taklif va mulohazalarni tahlil qilish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qanliko‘l tumani “Jayhun” ovul fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan shunday tadbirda O‘zLiDep Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi S.Turmanov, tuman hokimi o‘rinbosari A.Ibrohimov, “Shimolgazta’minot” unitar korxonasi tuman filiali direktori M.Mambetrizayev, elektr tarmoqlari korxonasi rahbari P.O‘temuratov, “Yagona darcha” markazi boshlig‘i M.Mambetnazarov va boshqalar ishtirok etdi. 

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi miqyosida yechim topadigan 5 murojaat nazoratga olindi. 

– Aholining real muammolarini o‘rganish, imkon qadar ularni joyida hal etish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan g‘ovlarni o‘rganishga harakat qilmoqdamiz, – deydi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi apparati rahbari vazifasini bajaruvchi Q.Beknazarov. – Partiya kengashining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash” bo‘limiga fuqarolardan kelib tushgan 10 murojaatning 6 tasi ijobiy hal etilib, qolganlari nazoratga olindi. 

Olis hududlarda yashovchi aholining murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, ularga amaliy yordam berish maqsadida tashkil etilayotgan bunday sayyor qabullar davom etmoqda. 

 

 

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA

Поделиться