O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonlik taekvondochilar xalqaro turnirda 14 medalga sazovor bo‘ldi

2017-06-15 | Sport

Mamlakatimiz taekvondochilari Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro turnirda muvaffaqiyatli qatnashib, 7 oltin, 2 kumush va 5 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Taekvondo (ITF) bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirning turli yo‘nalishlarida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Vladimir Li ikki marotaba shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Yevgeniy Kim va Sevgi Mansurova bittadan oltin va bronza medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, yakkama-yakka bellashuvlarda Vadim Mun, Andrey Kim, Slava Pak o‘z vazn va yosh toifalarida birinchi o‘rinni egalladi. 

Aleksandr Chetverikov hamda Yevgeniy Kim kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Vladislav Mamayev, Sergey Nam, Lun Day kabi sportchilarimiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

14 medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться