O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Biznesni boshlash uchun qulay kreditlar

2017-06-15 | Iqtisodiyot

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining takomillashtirilishi samarasida tarmoqning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni mustahkamlanib bormoqda. Mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan kichik korxonalar, yakka tartibdagi tadbirkorlarni mikrokreditlash tizimining soddalashtirilishi bu borada muhim amaliy qadam bo‘ldi.

Milliy matbuot markazida “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu alohida ta’kidlandi. 

Joriy yilda “Ipoteka-bank” tomonidan sohaga 1 trillion 300 milliard so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ko‘zda tutilgan. O‘tgan davrda 14 mingdan ziyod kichik tadbirkorga 586 milliard 300 million so‘mlik kreditlar ajratilgan. Shundan 125 milliard 300 million so‘mlik kreditlar imtiyozli mikrokreditlardir. 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mikrokreditlash tizimini yanada soddalashtirish, imtiyozli davrini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar samarasida mikrokreditlar eng kam ish haqining 200 barobarigacha, asosiy qarzni to‘lashga olti oy muddatli imtiyozli davrni hisobga olgan holda, uch yilgacha muddatga berilmoqda. Bunda kredit bitta ish o‘rni yaratgan tadbirkorga 9 foiz, ikkita ish o‘rni yaratganda 8 foiz, uchtadan to‘rttagacha ish o‘rniga 7 foiz, beshta va undan ortiq ish joylari yaratganda 6 foiz miqdorida taqdim etilmoqda. 

Imtiyozli kreditlarni taqdim etishda ayollar hamda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari istiqbolli loyihalarini moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda bank tomonidan mazkur yo‘nalishga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi 85 milliard 300 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, yosh oilalarning shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun ajratilgan mikrokreditlar 7 milliard 400 million so‘mga yetdi. 

– Shu yilning fevral oyida «Ipoteka-bank»ka imtiyozli mikrokredit so‘rab murojaat etgandim, – deydi poytaxtlik yakka tartibdagi tadbirkor Fotima Muhamedova. – Bank mutaxassislari tikuvchilik faoliyatimni kengaytirish bo‘yicha taqdim etgan biznes loyihamni o‘rganib chiqib, 30 million so‘m miqdorida kredit ajratdi. Natijada shu paytgacha ikki kishi ishlagan bo‘lsak, bankning qo‘llab-quvvatlashi bilan yana oltita yangi ish o‘rni tashkil etildi. 

Anjumanda jurnalistlarning savollariga bank mutaxassislari javob qaytardi.

 

Behzod Bozorov, O‘zA

Поделиться