O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamid Janobi Oliylariga
2017-06-14 | Siyosat
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Mamlakatingizning bir qator hududlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi.
Ushbu musibatli damlarda Siz Janobi Oliylariga va do‘st Bangladesh xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik tuyg‘ularimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘raymiz.
Qayg‘u bilan,