O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston mahsulotlari barchaning e’tiborini tortmoqda

2017-06-10 | Iqtisodiyot

Ostona shahrida EKSPO – 2017 xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmada 120 dan ortiq davlat o‘zining texnologik, ilmiy, madaniy yutuqlarini namoyish etmoqda. O‘zbekiston pavilyoni ko‘rgazma ishtirokchilari va mehmonlari e’tiborini jalb qilmoqda. 

O‘zA maxsus muxbiri Bekzod Hidoyatov ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi. 

Maykl Xoi, “Zoodel” kompaniyasi ta’sischisi (Shvetsariya): 

– O‘zbekiston pavilyoni bizda katta taassurot uyg‘otdi. Mamlakatingiz energetika sohasida yuksak natijalarga erishganiga guvoh bo‘ldik. Tabiiy va mineral o‘g‘itlarga boy. Iqtisodiy salohiyati yuksalib bormoqda. Yoshlarning robototexnika yo‘nalishida qo‘lga kiritayotgan yutuqlari bizning havasimizni keltirdi.   

Ko‘rgazmadan o‘rin olgan mahsulotlar O‘zbekiston qo‘lga kiritayotgan yutuqlarni yorqin ifodalab turibdi. 

Ali Salmon Anchan (Pokiston): 

– Mutaxassisligim dizayn-san’atshunos bo‘lgani uchun ko‘rgazmada ishtirok etayotgan mamlakatlar pavilyonining dekoratsiyasi bilan qiziqmoqdaman. 

Barcha pavilyonlarni aylanib chiqib, O‘zbekistonniki singari betakror dizaynga ko‘zim tushmadi. Bir qarashda oddiy, sodda ko‘rinsa-da,  did bilan bezatilgan. Yorug‘lik me’yorida. Ranglar nainki EKSPO – 2017 mazmun-mohiyatiga, ko‘rgazmaga qo‘yilgan mahsulotlarga ham uyg‘un ravishda tanlangan, mamlakatingiz bayrog‘idagi ranglar aks ettirilgandek go‘yo. Bu yerga kirgan odam ruhan dam oladi. Fikri tiniqlashadi. 

O‘zbekiston haqida, uning boy tarixi va betakror madaniyati haqida juda ko‘p eshitganman. Pavilyon bilan tanishar ekanman, o‘zimni yurtingizda yurgandek his qildim. 

Peng Zi Zi, Jahon savdo markazi loyiha rahbari (BAA): 

– O‘zbekiston pavilyoni ko‘rgazma mavzusiga mos interfaol usulda loyihalashtirilgan. Shu bois bu yer juda gavjum. Muhimi, tashrif buyuruvchilar mamlakatingizning suv, quyosh, shamol energiyasi va robototexnika sohalarida amalga oshirayotgan ishlari, qo‘lga kiritayotgan yutuqlari haqida muayyan ma’lumotga ega bo‘lmoqda. 

Men O‘zbekiston pavilyonini “milliylik va zamonaviylik aks etgan makon”, deb atagan bo‘lardim. 

EKSPO – 2020 Dubayda o‘tkaziladi. Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekistonning ham ishtirok etishini chin yurakdan istaymiz. 

Duglas Klan, ishtirokchi (Kanada): 

– O‘zbekiston pavilyoni barchada katta qiziqish uyg‘otmoqda. 

Men bu yerda nafaqat kelajak energiyasi qanday bo‘lishi haqida ma’lumotga ega bo‘ldim, balki oddiy suv yordamida harakatlanadigan ixcham avtomobil va quyosh nuridan quvvatlanadigan “Ravon”ni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim. Yurtingizning boy madaniy merosi, tarixi va buguni bilan tanishdim. Juda ajoyib! 

Szyan Li, Xitoy milliy neftgaz korporatsiyasi bosh menejeri: 

– O‘zbekistonning gaz va elektr energiyasini tejash va undan samarali foydalanish to‘g‘risidagi g‘oyasi tahsinga loyiq. 

Mamlakatingizning kelajak energiyasi bo‘yicha tajribasidan namuna olsa arziydi. Ekspozitsiyaga qo‘yilgan mahsulotlar ko‘rgazma ishtirokchilarida katta taassurot qoldirmoqda. Buni ularning yuz-ko‘zlaridan bilsa bo‘ladi. 

Поделиться