O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ShHT Ostona sammiti yakunlandi
2017-06-09 | ShHT
Ostona, 9-iyun. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘rozov xabar qiladi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Ostona sammiti yakunlandi.
Davlat rahbarlari kengashi majlisi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Ostona deklaratsiyasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid asosiy yondashuvlar, ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarni yo‘naltirishga qaratilgan mushtarak intilishlar o‘z ifodasini topgan.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda majlis samarali bo‘lgani, imzolangan hujjatlar ShHT mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Davlat rahbarlari ShHT sammiti yuksak saviyada tashkil etilganini ta’kidlab, Qozog‘iston tomoniga samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdilar.