O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Elektron davlat xaridlari tizimi takomillashmoqda

2017-06-09 | Iqtisodiyot

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan elektron davlat xaridlarining oshkoraligi va samaradorligini ta’minlash natijalari va kelajakdagi istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda elektron davlat xaridlarining afzalliklari va imkoniyatlari, joriy yilda belgilangan vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Birja tomonidan yangi innovatsion loyihalarning amalga oshirilishi barcha savdo platformalarini, shu jumladan, birjada 2011-yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan elektron davlat xaridlari tizimi jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga imkon yaratmoqda. Birja faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining faol joriy etilishi natijasida so‘nggi 6-yil mobaynida davlat xaridlari bo‘yicha tuzilgan bitimlar hajmi 4 barobarga o‘sib, 2016-yilda 668 milliard so‘mni tashkil qildi. 

2011-2016-yillarda byudjet mablag‘larining tejalishi 7 barobarga ko‘tarildi. «D-Xarid» elektron tizimida faol bo‘lgan kichik biznes subyektlari 5 mingdan 42 mingtaga oshdi. 2017-yilning birinchi choragida elektron davlat xaridlarining umumiy qiymati 2016-yilning mos davriga nisbatan 28 foizga o‘sib, 114 milliard so‘mni tashkil etdi. 

Davlat xaridlari bo‘yicha elektron auksion savdolar birjaning www.uzex.uz maxsus axborot portalida o‘tkazilishi byudjet tashkilotlari tomonidan tovar va xizmatlarni xarid qilish jarayonida oshkoralik va ochiq-oydinlikni ta’minlashning muhim mezoni hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyuldagi qaroriga asosan birja portalining ochiq qismida xaridlar to‘g‘risida e’lonlar, ularning reja-jadvali, elektron savdo natijalari va boshqa ma’lumotlar joylashtirib boriladi. Bu davlat xaridlari o‘tkazilishi ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borilishini ta’minlaydi. 

Joriy yilda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi ijrosi doirasida birja portalini modernizatsiyalash va yangilash ishlari o‘tkazildi. 

Birja mijozlari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida davlat xaridlari bo‘yicha shaxsiy kabinetning funksional imkoniyatlari kengaytirildi. Amalda elektron buyurtmalar shakllarini to‘ldirish jarayoni yengillashtirildi. Yetkazib beruvchilar faoliyatiga baho berish tizimi joriy etildi hamda xaridlarning reja-jadvalida aks ettirilgan raqamni kiritish orqali buyurtmalarni avtomatik tarzda shakllantirishning yangi mexanizmi ishga tushirildi. 

Davlat xaridlari sohasida elektron savdolarga yangi mijozlarni jalb etish yo‘li bilan keng raqobatni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlarni elektron davlat xaridlari tizimida akkreditatsiyadan o‘tkazish va ularning elektron savdolarda ishtirok etishini soddalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Поделиться