O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xonobodda aholi dam olishi uchun sharoitlar yanada yaxshilanadi

2017-06-02 | Siyosat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xonoboddagi "Xonobod" sanatoriyasini borib ko‘rdi. Ushbu dam olish zonasi tog‘ yon bag‘rida joylashgan. 

Davlatimiz rahbari sanatoriya hududini obodonlashtirish, qurilish ishlarini oxiriga yetkazib, oromgohni kelgusi yili Navro‘z bayramiga foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Sanatoriy hududini Andijon shahri va tumanlarga ajratib berish, viloyat aholisi dam olishi uchun zamonaviy sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi. 

Xonobodni har tomonlama rivojlantirish, aholi bandligi va farovonligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Anvar Samadov, O‘zA

Manba: O'zA

Поделиться