O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSh Elchisi bilan uchrashuv
2017-06-02 | Siyosat
2017-yilning 1-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.
Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning joriy masalalari, xususan turli darajalardagi O’zbekiston-AQSh bo‘lajak uchrashuvlarining jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.
Muzokaralarda 2017-yil 21-may kuni Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti yakunlari hamda boshqa xalqaro mavzular yuzasidan fikr almashildi.