O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Indoneziya Elchisi bilan uchrashuv
2017-05-19 | Siyosat
2017-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Indoneziya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Anak Agung Gde Alita Santikani qabul qildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Indoneziya munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
2017-yil 14-15-may kunlari Pekin shahrida «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumi ishida ishtirok etgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Indoneziya Prezidenti Djoko Vidodoning forum doirasidagi qisqa suhbati ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish uchun muhim qadam hisoblanadi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.