O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot vazirligida “Bilim almashish dasturi” (Knowledge Sharing Program) doirasida Koreya delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv to‘g‘risida

2017-05-18 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 17 may kuni Iqtisodiyot vazirligida “Bilim almashish dasturi” (Knowledge Sharing Program)ning katta maslahatchisi janob Yon Kon Chin boshchiligidagi Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiya tashrifi chog‘ida 2016-2017 yillarda amalga oshirish ko‘zda tutilgan “Bilim almashish dasturi” doirasidagi loyihalar bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini tegishli vazirlik va idoralar bilan muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Koreya Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik hamkori ekanligi, hamda mazkur Dastur doirasida qo‘shma loyihalarni O‘zbekiston tomoni bilan amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etishi Koreya delegatsiyasi tomonidan ta'kidlab o‘tildi.
 
Uchrashuv yakunida tomonlar natijaga yo‘naltirilgan hamkorlikka e'tiborni kuchaytirgan holda o‘zaro munosabatlarni hamda 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan yangi loyihalarning amalga oshirilishini faollashtirishga kelishib olishdi.

Ma'lumot uchun: “Bilim almashish dasturi” Koreya tajribasi asosida hamkor davlatlarga milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni takomillashtirish bo‘yicha ko‘mak berish maqsadida Koreya Respublikasi hukumati tomonidan joriy qilingan. Ushbu Dastur doirasida loyihalar hamkor mamlakat tomonidan belgilangan yo‘nalish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, Koreya Respublikasining ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda ushbu yo‘nalishlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan hisobotni tayyorlash orqali amalga oshiriladi. 

2004 yildan boshlab Dastur doirasida o‘zaro hamkorlikda eksport siyosatini rivojlantirish, innovatsion tizimni takomillashtirish, erkin industrial-iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish, muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalari sektoroini shakllantirish, qishloq xo‘jaligi sektorini rivojlantirish, sohalarni byudjet tomonidan moliyalashtirishni takomillashtirish va boshqa yo‘nalishlarda 20 dan ziyod qo‘shma loyihalar amalga oshirilgan.

Поделиться