O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy saylov komissiyasining majlisi
2017-05-15 | Jamiyat
2017 yil 15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.
Majlisda Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida joriy yilning 13 may kuni davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma majlislari bayonnomalariga asosan A.Kurmanov va B.Asadovni Oliy Majlis Senati a’zolari etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Majlisda Komissiya vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilindi.