O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoy matbuoti O‘zbekiston Prezidentining tashrifini keng yoritmoqda

2017-05-13 | Siyosat

Pekin, 13-may. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘rozov xabar qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi Xitoy ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda. 

Xitoyning yetakchi «Sinxua» axborot agentligi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Raisi Si Szinpinning 12-may kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvi haqida batafsil axborot tarqatdi. Jurnalistlar ushbu uchrashuv natijalari O‘zbekiston va Xitoy xalqlarining tub manfaatlari va zamon talablari hamda uzoq muddatli hamkorlikka sodiqligidan dalolat ekanini ta’kidlagan. 

CGTN telekanali oliy darajadagi muloqotlar izchilligi o‘zaro munosabatlarning yanada barqaror rivojlanishini ta’minlashi barobarida barcha darajadagi aloqalar jadallashuviga xizmat qilayotganiga e’tibor qaratgan. Axborotda ikki davlatning uzoq o‘tmishga borib taqaladigan aloqalari bugungi kunda o‘zaro ishonch va do‘stlik ruhida rivojlanib borayotgani qayd etilgan. 

«China daily» gazetasida «O‘zbekiston bilan aloqalar o‘z samarasini bermoqda» sarlavhali maqola e’lon qilingan. Unda O‘zbekiston va Xitoy xalqlari azaldan o‘zaro savdo-sotiq qilgani, bir-birining madaniyatini boyitgani qayd etilgan. Bugungi kunda davlatlararo munosabatlar keng ko‘lamli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan, hamkorlik siyosat, iqtisodiyot, savdo, sanoat, qurilish, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarni qamrab olgan, deyiladi. 

Maqolada davlatlarimiz o‘rtasida istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani, xususan, Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li va Qamchiq tunneli qurilishi ko‘p qirrali hamkorlikning yaqqol misoli ekani ta’kidlangan. Muallif ushbu strategik obyektlar nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa, jumladan, Xitoy uchun ham g‘oyat ahamiyatli ekanini qayd etgan. 

«Sinszin bao» gazetasida O‘zbekiston – Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar turli yo‘nalishlarda muvaffaqiyat bilan rivojlanayotgani ta’kidlangan. Gazeta O‘zbekistonning sarmoyaviy hamkorlari ro‘yxatida Xitoy yetakchi o‘rinlardan birini egallashi va O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan XXR kapital qo‘yilmalarining hajmi barqaror ravishda o‘sib borayotgani haqida ma’lumotlar keltirgan. 

Xitoy matbuoti ta’kidlaganidek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo-sotiq hajmi yuqori darajani tashkil etmoqda. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan Xitoy kompaniyalari safi kengayib borayotgani XXR ishbilarmonlari O‘zbekiston bilan hamkorlikka katta qiziqish bilan qarayotganini tasdiqlaydi.  

Поделиться