O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Germaniya siyosiy maslahatlashuvlariga oid

2017-05-11 | Siyosat

2017-yilning 11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Germaniya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining 13-raundi bo‘lib o‘tdi. Maslahatlashuvlarda qatnashish uchun Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vakili Andreas Peshke boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilm-ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomon kun tartibi masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri Angela Merkel bir-birlariga tabrik maktublarini yo‘llaganlari ikki tomon ham serqirra hamkorlikni mustahkamlash va yanada rivojlantirishga katta e’tibor qaratishi hamda turli darajalardagi aloqalarni faollashtirish orqali muhim global va mintaqaviy masalalar yuzasidan muntazam muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekanligini tasdiqlaydi.

TIVdagi fikr almashinuvi chog‘ida 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning amaliy jihatlari keng ko‘lamli hamkorlik qilish uchun yangi istiqbolli yo‘nalishlar, xususan zamonaviy nemis texnologiyalarini jalb qilish orqali qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini yaratish va investitsion sohadagi aloqalarni rivojlantirish imkonini yaratadi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Germaniyaning ilmiy muassasalari va o‘quv yurtlari, madaniyat va san’at faollari hamda jamoatchilik tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashni tomonlar qo‘llab quvvatlaydi.

Shuningdek, tashqi siyosat idoralari vakillari dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Maslahatlashuvlarda Germaniya Elchisi Naythart Hofer-Vissing ishtirok etdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться