O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq bilan muloqot dardlashilmoqda

2017-05-11 | Jamiyat

Mamlakatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilinishi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar vakillarining joylarda sayyor qabullar uyushtirishiga puxta zamin hozirladi.
 

Bunday uchrashuvlar aholini qiynayotgan muammolarning joyida hal etilishi, xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirish, ular uchun barcha sohada zarur qulayliklar yaratishda muhim o‘rin tutmoqda.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudayberganovning Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazgan sayyor qabuli davlat organlari hamda fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlarning yangi mexanizmi va samarali usullarini joriy etishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
 
Bir qator vazirliklar, davlat qo‘mitalari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mutasaddilari, viloyat hokimligi hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari, tadbirkorlar, faxriylar, yoshlar ishtirok etgan tadbirda joriy yilda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni ro‘yobga chiqarishda avvalo, rahbarlarning, har bir fuqaroning burchi va mas’uliyati haqida so‘z yuritildi.
 
Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga Paxtachi, Narpay, Kattaqo‘rg‘on tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahri aholisi tomonidan yo‘llangan 150 ga yaqin murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar har tomonlama tahlil qilinib, ularning yuzaga kelish sabablari o‘rganildi. Bunda ko‘p hollarda ayrim mutasaddi rahbarlarning o‘z vazifasiga loqaydlik va mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
 
Murojaatlarning 80 foizidan ortig‘i joyida yechimini topdi. Qolganlarini qo‘shimcha o‘rganish va hal etish bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillariga topshiriqlar berildi.
 
Masalan, Paxtachi tumanining Ziyovuddin qo‘rg‘oni fuqarolari tomonidan yer osti suvlarining ko‘tarilishi oqibatida bino va inshootlarga, tabiatga zarar keltirayotgani tegishli idoralar tomonidan o‘rganiladigan, narpaylik F.Hakimova, I.Ziyotovning nafaqa pullarini vaqtida ololmayotgani, O.Mahmudovaning farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga sababsiz qabul qilinmayotgani joyida hal etiladigan bo‘ldi.
 
Sayyor qabulda viloyat hokimi H.Oqbo‘tayev ishtirok etdi.
 

Поделиться