O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida

2015-03-06 | Hujjatlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Yurtimizda mo'tabar ayol zotiga munosib hurmat-ehtirom ko'rsatish, ularning ijtimoiy hayotimizdagi o'rni va nufuzini oshirish, barkamol xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, iqtidorli yoshlarni rag'batlantirish maqsadida hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etish bo'yicha takliflarni qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi farmoniga muvofiq qabul qilingan Nizomga asosan:

1. O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining a'lo xulqi, noyob iste'dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o'qishdagi muvaffaqiyatlari hamda adabiyot, madaniyat, san'at, ta'lim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to'g'risidagi takliflari ilovadagi ro'yxatga muvofiq ma'qullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlab o'tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko'krak nishonlari topshirilsin.

3. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta'minlasin.

4. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda O'zbekiston Milliy axborot agentligiga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste'dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari E.Bositxonova zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2015-yil 3-mart

* * *

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro'yxati


Bazarbayeva Shaxzada Alliyar
qizi
- Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi akademik litseyning 2-bosqich o'quvchisi
Abdullayeva Go'zaloy Adxamjon
qizi
- Andijon davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyning 2-bosqich o'quvchisi
Ismatova Sitorabonu Farhod
qizi

- Buxoro shahridagi 39-ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta ta'lim maktabining 9-sinf o'quvchisi

Shavkatova Laziza Sherzod
qizi

- Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi «Sayiljoy» akademik litseyining 2-bosqich o'quvchisi

Rahmonova Go'zal Bahriddin
qizi
- Qashqadaryo viloyati Chiroqchi sport-pedagogika kollejining 3-bosqich o'quvchisi
Jumanova Iroda Shokirjon
qizi
- Navoiy viloyati Uchquduq konchilik kasb-hunar kollejining 2-bosqich o'quvchisi
Xodjayeva Kumushxon Saydullo
qizi

- Namangan olimpiya zaxiralari kollejining 2-bosqich o'quvchisi

Irgasheva Ruxshona Zokirjonovna- Samarqand pedagogika kollejining 2-bosqich o'quvchisi
Yusufova Madina Olimbek
qizi
- Guliston davlat universiteti qoshidagi Yangiyer akademik litseyining 3-bosqich o'quvchisi
Sayfiddinova Manzura Ikromiddin
qizi
- Termiz davlat universiteti qoshidagi Sariosiyo akademiklitseyining 2-bosqich o'quvchisi
Abdullayeva Umida Alisher
qizi

- Toshkent viloyati Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejining 3-bosqich o'quvchisi

Saidxo'jayeva Sarvinozxon Sobirxo'ja
qizi
- Farg'ona olimpiya zaxiralari kollejining 3-bosqich o'quvchisi
Raximova Shirin Bahram
qizi

- Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabining 8-sinf o'quvchisi

Maratova Charosxon Ulug'bek
qizi
- Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 260-umumiy o'rta ta'lim maktabining 8-sinf o'quvchisi

Поделиться